
Iqtisod
Raqamli iqtisodiyotning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish hisobiga yarim million ish oʻrni yaratiladi
Prezident robototexnika, kompyuter oʻyinlarini yaratish, startaplar va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda yiliga 1 million nafar yoshni oʻqitish vazifasini qoʻydi. Buning uchun milliy trenerlar korpusini shakllantirish, onlayn taʼlim platformalari va qisqa muddatli raqamli kurslarni tezroq ishga tushirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirib, ularning natijalarini amaliyotga keng joriy etish zarurligi taʼkidlandi.
